AsosiyJamiyat

Toshkentda tez yordam mashinasi YTHga uchradi, ikki kishi jarohatlangan

'Toshkentda tez yordam mashinasi YTHga uchradi, ikki kishi jarohatlangan'ning rasmi

Toshkentda "Tez yordam" mashinasi ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, kecha, 4 fevral kuni soat 16:30 larda Olmazor tumani Nurafshon-Beruniy ko`chalari chorrahasida 1982 yilda tug`ilgan N.K. boshqaruvida bo`lgan Ford rusumli avtomashinasi hamda 1987 yilda tug`ilgan M.A. boshqaruvida bo`lgan Nexia 3 rusumli avtomashinalari ishtirokida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.

⚡️YTH natijasida Nexia 3 rusumli avtomashina haydovchisi hamda Ford rusumli avtomashinaning 1 nafar yo`lovchisi tan jarohat olgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar