Turkiya hukumati 2023 yilda respublika janubi-sharqida sodir bo`lgan dahshatli zilzila qurbonlariga yangi uylar kalitlarini topshirdi.
Marosim Hatay viloyatida Prezident Rajab Toyyib Erdo`g`an ishtirokida bo`lib o`tdi.
“Bugun 7 ming 275 nafar fuqaroga uy kaliti topshirilmoqda, shundan 6 ming 572 nafari viloyat va tuman markazlarimizda, 703 nafari qishloq joylarda. Ikki oy muddatda zilzila sodir bo`lgan hududda 75 mingta uy-joy qurilishini yakunlaymiz”, — dedi davlat rahbar.
Erdo`g`onning so`zlariga ko`ra, yil oxirigacha jabrlanganlar uchun 200 ming uy foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Turkiya hukumati zilzilalardan jabrlangan hududlarda bosqichma-bosqich yangi uylar qurmoqda. 2023 yil aprel oyidan boshlab aholiga yangi uy-joy kalitlari topshiriladi.
Eslatib o`tamiz, 2023 yilning 6 fevralida Turkiya janubi-sharqidagi Qahramanmarosh viloyatida 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar yuz berdi. Minglab zilzila ortidan sodir bo`lgan er silkinishlari Turkiyaning 11 viloyati va qo`shni mamlakatlarda sezildi, eng ko`p jabrlanganlar Suriya bo`ldi. Turkiyada 49,5 mingdan ortiq odam vafot etgan.






