️Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog`lovchi “Taxtaqoracha” dovonida noqulay ob-havo sharoiti sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklangan edi.
FVV ma`lum qilishicha, muzlamalarni eritish uchun qum-tuz aralashmalari sepilib zaruriy choralar ko`rilgan.
Ayni vaqtda dovon yo`lida avtotransport vositalari harakatiga ruxsat berilgan.
Haydovchilardan ehtiyotkor bo`lishlarini, ob-havo va yo`l sharoitini inobatga olib transport vositasini boshqarishlari so`ralmoqda.






