O`zbekistonlik ayol hakamlar Osiyo Futbol Konfederasiyasi taklifiga ko`ra 19 yoshgacha bo`lgan qizlar o`rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichi o`yinlarini boshqarib borish uchun taklif olgan edi.
O`ff matbuot xizmatining xabar berishicha, Kelasi yilning noyabr oyida Xitoyda o`tkaziladigan qizlar o`rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichi uchun jamoalar 4 guruhga bo`lingan holda kurash olib borishdi.
O`zbekistonlik referi Edita Mirobidova “A” guruhi doirasidagi Iordaniya – Shimoliy Mariana Orollari (4:0) o`yinida bosh hakam sifatida ish olib borgan bo`lsa, Anna Sidorova "D" guruhidagi Vetnam – Hindiston (4:0) uchrashuvini boshqarib bordi.





