AsosiyJamiyat

O`zbekistonda mashhur gigiena salfetkalari ishlab chiqariladigan korxonada ikki nafar fuqaro vafot etdi

'O`zbekistonda mashhur gigiena salfetkalari ishlab chiqariladigan korxonada ikki nafar fuqaro vafot etdi'ning rasmi

Kecha, 18 iyul kuni soat 15:15 da Yangi yo`l tumanida joylashgan  "ELMA" brendi ostida gigiena salfetkalari ishlab chiqariladigan korxonada ikki nafar fuqaro vafot etdi. Bu haqda darakchi.uz manbasi ma`lum qildi.
Ma`lum bo`lishicha, hodimlar "Noma`lum etiologiya zaharlanish" oqibatida zaharlanib, 2 nafari voqea joyida vafot etgan, 2 nafar fuqaro esa tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. 
Vafot etganlar 1992 va 1994 yilda tug`ilgan.
Tan jarohati etkazilganlar esa 1996 va 1991 yilda tug`ilgan.
Hozirda voqea tuman Prokuraturasi, FVB, SSB, IIB va SEOM hodimlari nazoratga olgan.

    Boshqa yangiliklar