Joriy yilning 19 aprel kuni Mirobod tumanida erkak maktabdan qaytayotgan qizga tashlangani haqida xabar berilgan edi.
Mazkur holat bo`yicha, bugun jinoyat ishlari bo`yicha Mirobod tuman sudida Jinoyat kodeksining 25,118-moddasi (nomusga tegishga suiqasd qilish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan O. O. (1997 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan, ishsiz, muqaddam sudlanmagan) ga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni boshlandi. Bu haqda Oliy sud Matbuot kotibi Aziz Abidov xabar berdi.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Mirobod tuman sudining raisi S. Sodiqov raisligida Jinoyat-prosessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko`rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko`rib chiqiladi.
Qo`shimcha ma`lumot sud jarayoni yakuni bo`yicha beriladi.






