AsosiyJamiyat

Farg`onada 3 ballik zilzila sodir bo`ldi

'Farg`onada 3 ballik zilzila sodir bo`ldi'ning rasmi

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, O`zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 18.07.2023 08:45 da zilzila sodir bo`ldi. Episentr: Farg`ona viloyati, Quvasoy shahri. Zilzila koordinatalari: 40,32 gradus shimoliy kenglik; 71,93 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,9. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 251 km janubiy-sharqda.

O`zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:

Quvasoy shahrida 3 ball, 5 km.

Farg`ona shahrida 2-3 ball, 14 km.

Farg`ona tumanida 2-3 ball, 16 km.

Toshloq tumanida 2 ball, 23 km.

Quva tumanida 2 ball, 24 km.

Marg`ilon shahrida 2 ball, 24 km.ni tashkil etdi

    Boshqa yangiliklar