AsosiyJamiyat

Bugun harorat 42 darajagacha ko`tariladi

'Bugun harorat 42 darajagacha ko`tariladi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog`iston Respublikasining shimolida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda, janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35-40°, ba`zi joylarda 41-42°gacha bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 39-41° bo`ladi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-32° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar