Ertaga, 18 iyul kuni Toshkent shahrining ayrim mahallalarida elektr ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, iste`molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi etkazib berilishini ta`minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko`rish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta`minoti vaqtincha o`chiriladi:
• Uchtepa tumani: “Oq masjid” va “Xurshid” MFYning ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha;
• Yakkasaroy tumani: “Rakatboshi” MFYning ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
• Yashnobod tumani: “Bahor” MFYning ayrim ko`chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.






