Butunjahon boks kengashi (WBC) joriy yilning noyabr oyida O`zbekistonda katta tadbir o`tkazadi. Bu haqda WBC Matbuot xizmati xabar berdi.
Unda aytilishicha, Butunjahon boks kengashining yillik 61-sonli Konvensiyasi 12-17 noyabr kunlari Toshkent shahrida bo`lib o`tadi. Kongressda hakamlar va sudyalar uchun an`anaviy seminarlar, WBC qo`mitalari yig`ilishlari bo`lib o`tadi.
Shuningdek, 5 kun davom etadigan tadbir doirasida professional boksning har bir vazn toifasida saralari va nomdor bokschilarning chempionlik janglari ham tashkil etiladi.
Ayrim norasmiy manbalarga ko`ra, amerikalik boks afsonasi Mayk Tayson (58-50-2) ham mazkur tadbir mehmoni bo`lishi va turli ko`rgazmali chiqishlarda qatnashishi mumki.






