AsosiyDunyo

“Tolibon” Rossiyadan afg`on tadbirkorlariga viza berilishini osonlashtirishni so`radi

'“Tolibon” Rossiyadan afg`on tadbirkorlariga viza berilishini osonlashtirishni so`radi'ning rasmi

“Tolibon” muvaqqat hukumati Tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaki Rossiyaning Qobuldagi elchisi Dmitriy Jirnovdan afg`onlarga viza berishni soddalashtirishni so`radi. Bu haqda “TOLOnews” Telegram-kanalida xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, ular o`rtasidagi uchrashuvda Amirxon Muttaki Jirnovdan afg`on tadbirkorlariga viza berilishini osonlashtirishni so`ragan. 

Shuningdek, Rossiya Federasiyasining Qobuldagi elchisi Dmitriy Jirnov Amirxon Muttakini Afg`oniston bo`yicha “Moskva formati”dagi bo`lajak yig`ilishga taklif qilgan.

Muttaki esa yig`ilishni mintaqa davlatlari o`rtasida muvofiqlashtirishni yo`lga qo`yish uchun muhim deb atagan. 

 


 

    Boshqa yangiliklar