2023 yilning birinchi yarim yilligida ko`p qavatli uylarga xizmat ko`rsatuvchi boshqaruv organlari tomonidan 8 mlrd so`m mablag`lar maqsadsiz sarflangan. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi vazirligi ma`lumot berdi.
Ta`kidlanishicha, aholi murojaatlariga asosan 2023 yilning birinchi yarim yilligida Qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ko`p kvartirali uylarga xizmat ko`rsatuvchi 200 ga yaqin boshqaruv tashkilotlari faoliyati o`rganilgan.
O`rganish natijalariga ko`ra:
- 47 ta uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan 4.5 mlrd so`m mablag` maqsadsiz sarflangani;
- 31 ta boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) tomonidan 3.5 mlrd so`m mablag`l maqsadsiz sarflangani aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan to`plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.






