Bangkokda (Tailand) engil atletika bo`yicha o`tkazilayotgan Osiyo chempionatida sportchimiz Suxrob Xo`jaev O`zbekiston terma jamoasi hisobiga ilk medalni taqdim etdi.
Musobaqaning ikkinchi kuni tonggi bahslarda Suxrob Xo`jaev bosqon uloqtirish bo`yicha ishtirok etib, ikkinchi o`rinni egalladi. Eng yaxshi urinishda uning snaryadi 71,83 m masofani zabt etdi.
Engil atletika bo`yicha murabbiy Shamil Kapkaev.
Bosqon uloqtirish g`oliblari:
Ki Vang (Xitoy) — 72,13 m.
Suxrob Xo`jaev (O`zbekiston) — 71,83 m.
Fukuda Shota (Yaponiya) — 71,80 m.
Ma`lumo uchun, Engil atletika bo`yicha 25-Osiyo chempionati 16 iyul kuni yakunlanadi. Oldinda sportchi yigit-qizlarimizni uzunlikka, balandlikka sakrash, uch hatlab sakrash, yadro uloqtirish hamda bosqon va disk uloqtirish, ettikurash va yugurish yo`nalishlari bo`yicha musobaqalar kutib turibdi.






