AsosiyJamiyat

Andijonda "Dunyo sadolari" xalqaro milliy estrada san`ati festivali bo`lib o`tadi (video)

'Andijonda "Dunyo sadolari" xalqaro milliy estrada san`ati festivali bo`lib o`tadi (video)'ning rasmi

18 – 20 iyul kunlari Andijonda «Dunyo sadolari» xalqaro milliy estrada san`ati festivali bo`lib o`tadi.

Xonobod shahrida tashkil etiladigan festivalda Chexiya, Bolgariya, Latviya, Polsha, Serbiya, Gruziya, Boshqirdiston, Qozog`iston, Gresiya, Tojikiston va boshqa bir nechta davlatlardan jami 30 dan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

Shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardan kelgan badiiy jamoalar (400 nafar ishtirokchi) o`zlari uchun ajratilgan maydonlarda 3 kun davomida chet ellik mehmonlar va yurtimiz fuqarolari uchun konsert dasturlarini namoyish etadi.

Festival doirasida 14 iyul kuni Xonobod shahrining yoshlar markazida estrada yo`nalishida qatnashish istagini bildirgan fuqarolar uchun tanlov bo`lib o`tadi. Tanlovda saralab olingan ishtirokchilar festivalning asosiy qismlarida ishtirok etadi.

Festivalning ochilish marosimi 18 iyul kuni Xonobod shahrining madaniya va istirohat bog`ida bunyod etilgan asosiy sahna qismida bo`lib o`tadi.

Qo`shimcha ma`lumot uchun  +998 91 493 77 23 telefon raqamiga murojaat qilish mumkin.

    Boshqa yangiliklar