Toshkent viloyati G`azalkent shahrida IIB xodimlari qotillikda gumonlanayotgan jinoiy guruhni qo`lga oldi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra, holat 26 iyun kuni taxminan soat 17:00 larda, Toshkent viloyati G`azalkent shahrida sodir bo`lgan. Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv xizmati xodimlari Toshkent shahri Olmazor tumanida sodir etilgan qotillik jinoyati bo`yicha gumonlanayotgan jinoiy guruh a`zolarini qo`lga olgan. Ijtimoiy tarmoqlarda mashina bagajida jasad borligi aytilgan xabarlar tarqaldi.
Qayd etilishicha, hozirda jinoyat ishiga oid tezkor-qidiruv harakatlari davom etayotganini inobatga olgan holda, ishga oid boshqa ma`lumotlar oshkor etilmaydi.






