AsosiyJamiyat

Pokiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoevni saylovdagi g`alabasi bilan tabrikladi

'Pokiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoevni saylovdagi g`alabasi bilan tabrikladi'ning rasmi

12 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif telefon orqali muloqot qildilar.

Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko`rib chiqildi.

Pokiston etakchisi davlatimiz rahbarini bo`lib o`tgan Prezident saylovida ishonchli g`alaba qozongani bilan samimiy qutlab, O`zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Suhbat chog`ida tomonlar savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda oliy darajada qabul qilingan bitim va kelishuvlar amalga oshirilishi muhimligini qayd etdilar.

Mamlakatlarimiz etakchi korxonalari kooperasiyasini rivojlantirish va o`zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta`kidlandi.

Transafg`on temir yo`lini qurish loyihasini ilgari surishga alohida e`tibor qaratildi.

    Boshqa yangiliklar