AsosiyDunyo

Putin migrantlar faoliyati bilan bog`liq qonunni imzoladi

'Putin migrantlar faoliyati bilan bog`liq qonunni imzoladi'ning rasmi

Rossiyada muhojirlarga bozorlarda noqonuniy savdo joylarini taqdim etganlik uchun ma`muriy javobgarlik qo`llaniladi. Shu haqdagi qonun Rossiya prezidenti Putin tomonidan imzolandi.

Qonunda Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning migrasiya qonunchiligini buzgan holda chakana savdo bozorlarida chet ellik ishchi kuchidan foydalanganlik uchun javobgarlik bo`yicha normalariga aniqlik kiritildi. Jazo bozorlarda savdo, omborxona, ma`muriy yoki boshqa binolar bilan ta`minlanganlik uchun belgilanadi.

Bunday qoidabuzarliklar uchun 3 mingdan 4 ming rublgacha, Moskva, Sankt-Peterburg, Moskva yoki Leningrad viloyatlarida qonunbuzarliklar sodir etilgan taqdirda - 4 mingdan 5 ming rublgacha jarima solinadi.

Bozorlarni boshqaradigan kompaniyalarning mansabdor shaxslari uchun 45 000 dan 50 000 rublgacha, yuridik shaxslar uchun esa 450 000 dan 800 000 rublgacha jarima yoki 14 dan 90 kungacha bo`lgan muddatga ma`muriy to`xtatib turish nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar