Soat 12:40 da Shayxontohur tumanidagi "Ayni" podstansiyasining elektr qurilmasida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, buning natijasida Shayxontohur va Chilonzor tumanlari iste`molchilarining bir qismi elektr ta`minotidan uzilgan.
"Hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raymiz", - deyiladi xabarda.






