Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi telegram botiga fuqarolar tomonidan “Surxondaryo viloyatidagi At-Termiziy berilgan diplomlar O`zbekistonda tan olinadimi?” kabi savollar kelib tushmoqda, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
O`rganishlarga ko`ra, mazkur tashkilot nodavlat oliy ta`lim xizmatlari faoliyatini boshlash maqsadida Maxsus elektron tizim orqali Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligiga murojaat qilmagan va lisenziyaga ega emasligi ma`lum bo`ldi.
"O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonunining 29-moddasiga asosan, nodavlat ta`lim tashkilotlari lisenziya olingan kundan e`tiboran ta`lim faoliyati bilan shug`ullanishga haqlidir. Abiturientlar va ularning ota-onalaridan faqatgina vazirlikning edu.uz rasmiy saytida ko`rsatilgan davlat, nodavlat va xorijiy oliygohlar ro`yxatidagi oliy o`quv yurtlarini tanlashlari so`raladi", - deyiladi vazirlik xabarida.






