“Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Qonun (O`RQ-854, 11.07.2023 y ) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qonun bilan “O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to`g`risida”gi hamda Ichki ishlar organlari to`g`risida”gi Qonunlarga kiritilgan o`zgartirishlarga ko`ra, Milliy gvardiya hamda ichki ishlar organlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo`yicha choralar ko`rishi belgilandi.
Shuningdek, Qonun bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan aybdor shaxslarni ma`muriy javobgarlikka tortish bo`yicha Milliy gvardiya va ichki ishlar organlariga vakolatlar berishni nazarda tutuvchi o`zgartishlar kiritildi.
Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran 3 oy o`tgach kuchga kiradi.






