AsosiyJamiyat

EI O`zbekistonni demokratik islohotlarda qo`llab-quvvatlashini e`lon qildi

'EI O`zbekistonni demokratik islohotlarda qo`llab-quvvatlashini e`lon qildi'ning rasmi

Evropa Ittifoqi O`zbekistonning islohotlar sa`y-harakatlarini qo`llab-quvvatlashda davom etadi, dedi EIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo`yicha vakili Paloma Xoll Kabalero 9 iyul kuni bo`lib o`tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovi yakunlari bo`yicha bayonotida.

Bayonotda saylov tinch muhitda, puxta tayyorgarlikda va saylovchilarni yuqori faolligida o`tkazilgani ta`kidlandi.

Evropa Ittifoqi EXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosining to`liq huquqli xalqaro saylovlarni kuzatish missiyasini joylashtirish taklifini olqishladi va missiyaning dastlabki xulosalarini, xususan, saylov «fundamental erkinliklar va saylanish huquqi cheklangan sharoitda o`tgan»ini e`tiborga olishini ma`lum qildi.

«Evropa Ittifoqi bir qator kamchiliklar saylovchilarning ongli tanlov qilishiga to`sqinlik qilganidan afsusda. Shuningdek, biz Missiyaning xalqaro kuzatuvchilar tomonidan ovoz berish jarayonida jiddiy qonunbuzarliklar kuzatilgani haqidagi dastlabki xulosasiga e`tibor qaratamiz», — deyiladi bayonotda.

«O`zbekistonda 30 aprel kuni bo`lib o`tgan yangi Konstitusiya bo`yicha umumxalq referendumi ortidan bo`lib o`tgan prezident saylovi prezident Mirziyoev va islohotlarning ochiq qo`llab-quvvatlanishini ko`rsatdi. Evropa Ittifoqi O`zbekistonni demokratik islohotlarga qaratilgan sa`y-harakatlarini va EXHT DIIHBning saylovni kuzatish bo`yicha ushbu va avvalgi missiyalarining tavsiyalarini to`liq amalga oshirishda qo`llab-quvvatlashga sodiq qoladi», — deya qayd etildi.

 


 

    Boshqa yangiliklar