AsosiyJamiyat

Infratuzilmani yaxshilash uchun byudjetdan 1,2 trillion so`m ajratilmoqda

'Infratuzilmani yaxshilash uchun byudjetdan 1,2 trillion so`m ajratilmoqda'ning rasmi

Yig`ilishda investisiya dasturlaridagi 1,5 mingta loyihani tezlashtirish va 12,1 milliard dollar xorijiy investisiyalarni o`zlashtirish bo`yicha yangi tizim joriy qilinishi ta`kidlandi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Jumladan, davlat investisiya dasturi doirasida 11,5 milliard dollarlik 272 ta yirik loyihani muddatidan oldin foydalanishga topshirish bo`yicha “loyihabay” ish tashkil etiladi.

Bunda har bir loyihaga biriktirilgan vazir, vazir o`rinbosarlari, bank rahbarlari mas`ul va javobgar bo`ladi. Umuman, hududlardagi 89 ta yirik loyihani muddatidan oldin ishga tushirish uchun infratuzilma masalasi hal qilib beriladi.

Bu yil infratuzilmaga byudjetdan 1,2 trillion so`m ajratilmoqda. Bu etarli emasligi qayd etilib, infratuzilmaga yana 100 million dollar yo`naltirishga qaror qilindi.

Hududlarda 1 ming 200 ta loyiha doirasida 4,6 milliard dollar to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiya o`zlashtirish zarur. Bunda, loyihalar 3 ta toifaga ajratilib ular bilan manzilli ishlanadi.

Tegishli hukumat komissiyasiga vazir va tarmoq rahbarlari bilan birga har bir loyihani ichiga kirib, xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni jadallashtirish topshirildi.

 

    Boshqa yangiliklar