Vilmnyusdagi NATO sammitining rasmiy boshlanishi arafasida NATO davlatlari Rossiyaning taxminiy hujumi yuz bergan taqdirda mintaqaviy mudofaa rejalarini kelishib oldi. Bu haqda Reuters xabar bergan.
Alyansga a`zo davlatlar tomonidan taklif qilingan rejalarda, blokning muhim hududlarini to`xtatuvchi vositalar bilan himoya qilish va favqulodda vaziyatlarda ularni himoya qilish zarurligi batafsil bayon etilgan.
Shuningdek, ushbu takliflarda, o`z hududlarini Rossiyaning mumkin bo`lgan tajovuzidan himoya qilish uchun quruqlik, havo, dengiz, kosmik va kibernetik kuchlardan foydalanish mumkinligi aytiladi.
Bundan tashqari, NATO davlatlarining rejalari harbiy byudjetlarni, qurol-yarog`larni ko`paytirish va kuchsizroq davlatlar ittifoqining kuchli a`zolari tomonidan qo`llab-quvvatlashni o`z ichiga oladi. NATO rahbariyatiga ko`ra, har bir a`zo davlat o`z harbiy byudjetini YaIMning kamida 2 foizigacha oshirishi kerak.
Ushbu rejani amalga oshirish bir necha yil davom etishi mumkin. Alyansga a`zo davlatlar bu rejani NATOning Vilnyusdagi sammitida rasman tasdiqlash niyatida. Shu bilan birga, bunday rejalarning qabul qilinishiga Turkiya tomonidan to`siq qo`yilgan.






