AsosiyDunyo

Germaniya kompaniyasi Ukrainada tank zavodini ochadi

'Germaniya kompaniyasi Ukrainada tank zavodini ochadi'ning rasmi

Germaniyaning Rheinmetall konserni yaqin 12 hafta ichida Ukrainada zirhli mashinalar ishlab chiqaruvchi zavod ochadi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Armin Papperger CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o`tdi, deya xabar bermoqda "zamon.uz".

Zavod, Pappergerning so`zlariga ko`ra, mamlakatning g`arbiy qismida joylashadi. Yangi korxonada tanklar ishlab chiqarish va ta`mirlashdan tashqari Germaniyaning Fuchs zirhli transportyorlari ham ishlab chiqariladi. Ushbu korxona negizida nemis mutaxassislari ukrainaliklarga ishlab chiqarilgan zirhli mashinalarga texnik xizmat ko`rsatishni ham o`rgatadi. 

«Ukrainaliklar o`zlariga yordam berishi kerak - agar ular keyingi 10 yoki 20 yil ichida doimiy ravishda evropaliklar yoki amerikaliklarning yordamini kutsa... bu mumkin bo`lmagan narsadir», — dedi Rheinmetall bosh direktori. 

Rheinmetall zavodni «Ukroboronprom» Ukraina davlat mudofaa konserni bilan hamkorlikda boshqaradi, u ham zavodga egalik qiladi. May oyida kompaniyalar Ukrainaning «mudofaa texnologik imkoniyatlarini» mustahkamlash bo`yicha kelishuvni e`lon qilgan edi. 

Shu yil boshida Rheinmetall vakili Rheinische Post gazetasiga kompaniya Ukrainada yiliga 400 ga yaqin tank ishlab chiqarishga qodir bo`lgan 200 million evrolik jangovar tanklar zavodini ochish niyatida ekanini aytdi. 

 

    Boshqa yangiliklar