AsosiyJamiyat

Navoiyda Qizil kitobga kiritilgan jayronlar o`ldirildi

'Navoiyda Qizil kitobga kiritilgan jayronlar o`ldirildi'ning rasmi

Joriy yilning 9 iyul kuni Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari viloyat IIB YHXB hamda Ekopatrul xodimlari bilan hamkorlikda nazorat reyd tadbirini o`tkazishdi, deya xabar bermoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va ilqim o`zgarishlari vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Tadbir davomida Navbahor tumani hududida fuqaro Q.Sh. boshqaruvidagi "Niva" rusumli avtomashina tekshirildi. Natijada mashina yukxonasida 2 dona otilgan O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan ona-bola jayron borligi aniqlandi.

Tekshiruv-surishtiruv ishlari davomida jayronlar Samarqand viloyati, Narpay tumani, Boltali qishlog`ida yashovchi fuqarolar Q.Sh va Q.F. larga tegishli ov qurollari yordamida noqonuniy ovlangani ma`lum bo`ldi. 

Holat yuzasidan tegishli dalolatnomalar tuzilib, tabiatga 33 mln so`m zarar etkazilganligi aniqlandi. Shuningdek, Q. Sh. boshqaruvidagi avtomashina jarima maydonchasiga qo`yildi va ov qurollari saqlash uchun Navoiy viloyat IIB ga yuborildi. 

Hozirda prokuraturaga yuborish uchun kerakli hujjatlar to`planmoqda.

    Boshqa yangiliklar