AsosiyDunyo

Sudan mamlakat havo hududini 31 iyulda yopadigan bo`ldi

'Sudan mamlakat havo hududini 31 iyulda yopadigan bo`ldi'ning rasmi

Sudan fuqaro aviasiyasi ma`muriyati mamlakat havo hududida parvozlarga qo`yilgan cheklovlarni 31 iyulgacha uzaytirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Al Arabiya telekanali.

Telekanal ma`lumotlariga ko`ra, gumanitar yordam va evakuasiya parvozlari bilan amalga oshiriladigan parvozlar bundan mustasno.

22 aprel kuni respublikadagi vaziyat tufayli parvozlarga cheklovlar joriy qilingan va shundan so`ng bir necha bor uzaytirilgan.

Sudan armiyasi Omdurman shahriga havo hujumi uyushtirdi, natijada 22 kishi halok bo`ldi.

So`nggi kunlarda janglar aynan shu shaharda jamlangan, chunki uning g`arbiy qismi tezkor harakat kuchlarini ularning Darfurdagi bazasi bilan bog`laydigan asosiy yo`nalish hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar