2022 yilda 60 mingga yaqin o`zbekistonlik boshqa davlatlarga ishlash uchun ketgan. Bu haqda Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi kanaliga joylangan lavhada ma`lum qilindi.
O`tgan yili 60 ming nafarga yaqin o`zbekistonlik boshqa mamlakatlarga qonuniy ishga jo`natilgan.
Tahlillarga ko`ra,
- 2000 yilda dunyo bo`yicha migrantlar soni 96 million kishini,
- 2022 yilda bu raqam 164 million kishini tashkil etgan.
- Shundan 46 foizi ayollar hissasiga to`g`ri keladi.






