7-9 iyul kunlari Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida badiiy gimnastika bo`yicha yoshlar o`rtasidagi jahon chempionati bo`lib o`tdi. Unda ishtirok etgan O`zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medalini qo`lga kiritdi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, qiziqarli bellashuvlar yakunida Anastasiya Saranseva halqa, Mishel Nesterova tasmadagi mashqlarda shohsupaning uchinchi pog`onasiga ko`tarilgan.
Halqa:
1. Tal Franko (Isroil)
2. Amaliya Lika (Ruminiya)
3. Anastasiya Saranseva (O`zbekiston)
Tasma:
1. Liliana Levinska (Polsha)
2. Nikol Todorova (Bolgariya)
3. Mishel Nesterova (O`zbekiston)
Bu badiiy gimnastika bo`yicha jahon chempionatlari tarixida o`zbekistonlik sportchilarning birinchi sovrindorlar qatoridan joy olishi bo`ldi,- deyiladi xabarda.






