Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi kanalda cho`kayotgan fuqaro qutqarib qolindi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra, 10 iyul kuni soat 14:51 da Toshkent shahar FVB Tezkor boshqaruv markazi navbatchi-dispetcherlik xizmatining 101 qisqa raqamiga Yunusobod tumani, THAY ko`chasidan oqib o`tuvchi Bo`zsuv kanalida fuqaro cho`kib ketayotgani to`g`risida xabar kelib tushdi.
Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari etib borgan. Ma`lum bo`lishicha, fuqaro spirtli ichimlik iste`mol qilib, cho`milish maqsadida suvga tushgan va o`z ehtiyotsizligi natijasida xavfsizligini ta`minlay olmay, cho`kayotgan bo`lgan. FVV qutqaruvchilari fuqaroni kanaldan olib chiqib, hayotini saqlab qoldi. Shundan so`ng psixologik yordam ko`rsatilib, tushuntirish ishlari olib borildi.






