AsosiyDunyo

Ozarbayjonda bolalarga Mamed va Myammyad ismlarini qo`yish taqiqlandimi?

'Ozarbayjonda bolalarga Mamed va Myammyad ismlarini qo`yish taqiqlandimi?'ning rasmi

OAVlarda Ozarbayjonda bolalarga Mamed va Mammed ismlarini qo`yish taqiqlangani haqida xabarlar tarqalgan edi. Xabarlarda Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasi huzuridagi terminologiya komissiyasi Mamed, Mammed ismlari Muhammad ismining buzilgan shakli, shuning uchun ulardan foydalanish noo`rin, deb xulosa qilingani ta`kidlangan.

Ozarbayjon Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Terminologiya komissiyasi raisi o`rinbosari Sayali Sodigovaijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayblovlarni rad etdi.

 "Ismlarning yozilish shakli bo`yicha komissiyaga murojaat qilishadi. Biz ismlarning yozilishini ozarbayjon tilining imlo qoidalari bilan bog`liq holda nazorat qilamiz".

Sodigova 2015 yilda Mamed, Magomed, Myammyad va Muxammed ismlarining qaysi imlosi to`g`ri ekanligi masalasi muhokama qilinganini, ularning ikki shaklda – Myammyad va Muhammed shaklida yozilishi tavsiya etilganini ta`kidladi.

“Bizning ishimiz ismni taqiqlash emas. Komissiya ularni to`g`ri yozish qoidalari haqida ma`lumot beradi", - dedi komissiyasi raisi o`rinbosari.

 

    Boshqa yangiliklar