Chotqol davlat biosfera qo`riqxonasiga qarashli Maydontol bo`limi “Yaylovcha” hududida 8 iyul kuni yong`in sodir bo`ldi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi Toshkent viloyati boshqarmasining ma`lum qilishicha, FVV, IIV, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi tomonidan shtab tuzildi hamda yong`in bartaraf etildi.
Ushbu holat yuzasidan o`rganish ishlari yakuniga etgach, natijalari bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi.






