AsosiyJamiyat

O`zbekistonda o`tkazilayotgan prezidentlik saylovlarining so`nggisi qachon va qayerda yakunlanishi aytildi

'O`zbekistonda o`tkazilayotgan prezidentlik saylovlarining so`nggisi  qachon va qayerda yakunlanishi aytildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi to`g`risidagi Nizomiga binoan, Tashqi ishlar vazirligi hamda O`zbekiston Respublikasining xorijdagi barcha diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassassalari tomonidan muddatidan ilgari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha faol ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o`rinbosari B.A`loev Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida brifingda gapirdi. 

Avval xabar berganimizdek, O`zbekistonning 39 ta xorijiy davlatlardagi elchixona va bosh konsulxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan.

Saylov kampaniyasi davrida ushbu tadbirga puxta hozirlik ko`rildi. Prezident saylovini o`tkazish uchun tashkil etilgan saylov uchastkalari saylovchilar o`z xohish irodalarini emin-erkin bildirishi, konstitusiyaviy huquqlaridan to`laqonli foydalanishlari uchun shay holatga keltirildi.

Xorijdagi saylov jarayonlarining dastlabkisi 9 iyul kuni yurtimizning Yaponiya va Koreyadagi diplomatik vakolatxonalarida Toshkent vaqti bilan soat 04.00 da boshlanib, so`nggisi Amerika Qo`shma Shtatlaridagi vakolatxonalarda 10 iyul soat 05.00 da yakunlanadi.

Hozirgi vaqtga kelib, dunyoning aksariyat davlatlarida, jumladan, O`rta va Yaqin Sharq, Osiyo va Tinch Okeaniya , Evropa davlatlari, Rossiya va barcha qo`shni mamlakatlarda  ovoz berish jarayonlari boshlangan va qizg`in davom emoqda.

    Boshqa yangiliklar