Markaziy saylov komissiyasi Raisi o`rinbosari ovoz berish jarayoni va saylovchilarning ishtiroki to`g`risida ma`lumot berdi. Unga ko`ra, soat 11:00 ga kelib O`zbekiston bo`yicha saylovda ovoz berganlar soni 6 643 874 nafar, umumiy saylovchilarning 33,54%ga etdi.
Bunda eng yaxshi ko`rsatkich Andijon viloyatida – 39,37 %
Eng kam ko`rsatkich, Toshkent shahrida – 26,27 % ni tashkil qildi.






