AsosiyJamiyat

Namangandagi sel toshqinida 2 ayolning jasadi topildi

'Namangandagi sel toshqinida 2 ayolning jasadi topildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "“Qamchiq” dovonida namanganlik 27 yoshli  ikki nafar ayolning jasadi topilgani haqida xabarlar topildi.

Namangan FVB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, joriy yilning 7 iyul kuni 2 nafar 27 yoshli ayollar tog` balandlikdagi mollarini sog`ib olishga ketayotgan bo`lgan. Soat 19:20 dan 19:27 gacha kuchli jala yomg`ir yog`ishi natijasida, sel toshqin suvlari uchun maxsus 1200 diametrli temir quvur ichida yomg`irdan qochib o`tirgan vaqtda 40-50m3 sel kelib, quvur ichidan “Rezaksoy”ning 400 metr oqimi bo`ylab olib ketgan. 

Soyni sel massasidan tozalash jarayonida, 2 nafar ayol fuqarolarning jasadi topilgan. 

Hozirda IIB Tezkor-tergov guruhi tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar