AsosiyJamiyat

Saylovchi saylov byulletenini suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylasa bo`ladimi?

'Saylovchi saylov byulletenini suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylasa bo`ladimi?'ning rasmi

Markaziy Saylov komissiyasining ma`lum qilishicha, saylov byulletenini to`ldirilgan holda yoki uni to`ldirish jarayonini suratga yoki videoga olish, olingan tasvirlarni tarqatish, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish taqiqlanadi.

Ushbu xatti-harakat saylovning yashirin ovoz berish prinsipini buzish demakdir. 

 Caylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yo`l qo`yilmaydi.

Saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri so`rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, o`tkazilayotgan saylov bilan bog`liq boshqa tadqiqotlarni e`lon qilish (hammaga ma`lum qilish), shu jumladan axborot tarmoqlariga, shuningdek Internet jahon axborot tarmog`iga joylashtirish taqiqlanadi.

Saylovchilardan yashirin ovoz berish prinsipiga amal qilishni, saylov byulletenini to`ldirish jarayonini va to`ldirilgan saylov byulletenini suratga yoki videoga olmaslikni hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik so`ralmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar