AsosiyDunyo

Xorijiy davlatlarda tuzilgan saylov uchastkalari manzillari ko`rsatilgan interaktiv xarita e`lon qilindi

'Xorijiy davlatlarda tuzilgan saylov uchastkalari manzillari ko`rsatilgan interaktiv xarita e`lon qilindi'ning rasmi

9 iyul kungi  Prezident saylovlarida boshqa davlatlarda yashovchi vatandoshlarning konstitusiyaviy huquqlarini amalga oshirishni ta`minlash maqsadida mamlakatimizning xorijdagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta uchastka saylov komissiyasi faoliyat ko`rsatmoqda, deb xabar qilayapti «Dunyo» AA.

Saylov uchastkalari ishini elchixonalar maslahatchilari va xodimlari, konsullar hamda vatandoshlar amalga oshiradi.

«Dunyo» AA tomonidan xorijiy davlatlarda tuzilgan saylov uchastkalari manzillari ko`rsatilgan interaktiv xaritasi ishlab chiqildi. Ovoz berish uchun eng yaqin saylov uchastkasi haqidagi ma`lumotni yuqorida ko`rsatilgan havoladan olishingiz mumkin.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Konstitusiyaviy qonuni loyihasi bo`yicha o`tkazilgan referendum chog`ida «Dunyo» axborot agentligi tomonidan ishlab chiqilgan interaktiv xaritasidan xorijdagi yuz minglab fuqarolarimiz foydalangan edi.

    Boshqa yangiliklar