AsosiyDunyo

BMT Ukrainada 1000 ga yaqin bola o`ldirilganini aytdi

'BMT Ukrainada 1000 ga yaqin bola o`ldirilganini aytdi'ning rasmi

Birlashgan millatlar tashkiloti o`zining yillik hisobotida bolalarga nisbatan 27 000 dan ortiq jiddiy huquqbuzarliklarni qayd etdi.

BMT bayonotida har qanday qurolli to`qnashuvda bolalar birinchi bo`lib jabr ko`rishi haqidagi xabarini takrorladi.

Xalqaro tashkilot yillik hisobotida bola huquqlari buzilishida 2022 yilda 27 000 dan ortiq jiddiy qoidabuzarliklar qayd etilganini tasdiqladi.

Gaiti, Niger, Efiopiya va Ukraina bolalar huquqlari buzilishida yangi hudud sifatida xavf solmoqda. Biroq eng ko`p huquqbuzilishlar Kongo Demokratik Respublikasi va Somalida uzoq davom etgan mojarolar davomida kuzatilgan.

BMT nafaqat og`ir sharoit tufayli bolaligidan mahrum bo`lgan, balki o`ldirilgan, zo`rlangan yoki askarlikka yollangan bolalarni himoya qilish uchun qat`iy choralar ko`rishga chaqiradi.

Hisobot BMT Xavfsizlik Kengashining asosiy muhokama mavzusiga aylanib, 2022 yilda BMT 3931 ta bolalarga insonparvarlik yordamini ko`rsatmaslik holatlarini tasdiqladi.

“Bolalar shafqatsizlik va taqdiriga befarqlik tufayli azob chekadi. Chunki ayrim siyosiy etakchilar va nizo ishtirokchilari urush va mojaro davomida insonparvarlik tamoyilini shunchaki hurmat qilmaydi, dedi YuNICEF ijrochi direktorining dasturlar bo`yicha o`rinbosari Omar Abdi.

Hisobotda Rossiya bolalarga qarshi jinoyat sodir etgan davlatlar ro`yxatiga kiritilgan. Bu safargi hisobot shunisi bilan ajablanarliki, BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a`zosi birinchi marta unda tilga olinmoqda.

Rossiyaning Ukrainaga qurolli bostirib kirishi kontekstida BMT bolalarga nisbatan 2334 ta jiddiy qoidabuzarlikni tasdiqladi.

Hisobotda Rossiya qurolli kuchlari va unga aloqador qurolli guruhlar tomonidan 613 bola, Ukraina qurolli kuchlari tomonidan 80 ta bola va noma`lum jinoyatchilarning havo hujumlari natijasida 261 bola o`ldirilgani bayon qilingan.

Shu bilan birga, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bu ma`lumotlar to`liq vaziyatni aks ettirmasligini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar