AsosiyJamiyat

Jizzaxda 3 tup daraxtni noqonuniy kesgan shaxs tabiatga qariyb 26 mln so`m zarar keltirdi

'Jizzaxda 3 tup daraxtni noqonuniy kesgan shaxs tabiatga qariyb 26 mln so`m zarar keltirdi'ning rasmi

Ekologiya vazirligi Matbuot xizmatining xabariga ko`ra, Jizzax viloyati Zafarobod tumani "Yorqin" MFY hududida profilaktik reyd tadbiri o`tkazilgan.

Tadbir davomida, Sirdaryo viloyatida yashovchi shaxs tegishli ruxsatnomasiz jami 3 tup ignabargli daraxtlarni noqonuniy kesganligi aniqlangan. Natijada fuqaro "O`simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to`g`risida"gi Qonunning 4, 37 va 49-moddalarini buzgan.

Mazkur holat yuzasidan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan bayonnoma tuzilib, 1 650 000 so`m miqdorida jarima tayinlangan.

Shuningdek, huquqbuzar o`simlik dunyosiga etkazilgan 25 million 740 ming so`m zararni ham to`laydi,- deyiladi xabarda

    Boshqa yangiliklar