AsosiyJamiyat

Sirdaryoda 21 yoshli yigit cho`kib ketayotgan ona va bolani qutqarib qoldi

'Sirdaryoda 21 yoshli yigit cho`kib ketayotgan ona va bolani qutqarib qoldi'ning rasmi

Sirdaryo viloyati Yangier tumanida 21 yoshli yigit cho`kib ketayotgan ona va bolani qutqarib qoldi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi

Unga ko`ra, Saidislombek Abdulqosimzoda shaharning qoq markazidan oqib o`tuvchi “Janubiy Mirzacho`l” kanalida ona va bolani cho`kayotganini ko`rib qolib, ularni qutqarmoqchi bo`lgan va buning uddasidan chiqqan. Yigitning ta`kidlashicha, o`zi ham cho`kib ketishiga oz qolgan. 

“Kanal atrofiga yugurgani chiqaman, imtihonga tayyorlanaman. Cho`kayotganlarni ko`rgan zahotim hayolimda faqat tezroq ko`maklashish bo`ldi. O`zim ham cho`kishimga oz qoldi” — deydi 21 yoshli yigit.

    Boshqa yangiliklar