AsosiyJamiyat

Irrigasiya va meliorasiya holati yomonlashuvi natijasida foydalanishdan chiqqan 1,1 mln gektar erlarni oborotga kiritish Konsepsiyasi qabul qilindi

'Irrigasiya va meliorasiya holati yomonlashuvi natijasida foydalanishdan chiqqan 1,1 mln gektar erlarni oborotga kiritish Konsepsiyasi qabul qilindi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Toshkentda “Barqaror rivojlanish maqsadlari: oziq ovqat xavfsizligi va suv ta`minoti” xalqaro konferensiyasi bo`lib o`tmoqda. Unda Qishloq xo`jaligi vaziri Aziz Voitov kirish so`zi bilan ochib berar ekan, Irrigasiya va meliorasiya holati yomonlashuvi natijasida foydalanishdan chiqqan 1,1 mln gektar erlarni oborotga kiritish Konsepsiyasi qabul qilinishi haqida so`zladi. 

O`tgan davrda oborotdan chiqqan, lalmi, yaylov erlardan qariyb 580 ming gektari  foydalanishga kiritildi,  deydi vazir. 

Shuningdek, o`zlashgan erlarda 280 ming aholi bandligi ta`minlandi va qo`shimcha 3,7 mln tonna mahsulot etishtirildi.

Qishloq xo`jaligi erlarining chet el investisiyasi ishtirokidagi korxonalarga 25 yilga ijaraga berilishi belgilandi.

Qariyb 1,4 mln gektarda suv tejovchi texnologiyalar joriy qilindi, 4,5 mlrd m3 suv iqtisod qilindi, 350 mlrd so`m subsidiya berildi.

Kelgusi 5 yilda yana 500 ming gektar erlar foydalanishga kiritiladi, 2 mln ga suv tejovchi texnologiya joriy qilinadi.
 

    Boshqa yangiliklar