Qozog`istonning bir nechta hududlarida zararli chigirtka bosqini yuz bergani aks etgan holatlar yuzasidan voqeaga oydinlik kiritish maqsadida O`simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan Qozog`istonning Qishloq xo`jaligi vazirligi Agrosanoat majmuasida davlat inspeksiyasi qo`mitasining O`simliklar himoyasi boshqarmasi va Turkiston viloyati hududiy inspeksiyasi bilan muloqot olib borildi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 2 iyul sanasidan boshlab Qozog`istonning Rossiya bilan chegaradosh bo`lgan Kostanay viloyati Jangeldi, Amangeldi, Altinsari va Denisov tumanlari hududida zararli chigirtkaning “Italiya prusi” turi tarqalgan. Natijada bugungi kunga qadar Kostanay viloyatining 260 ming gektar hududida zararli chigirtkalarga qarshi ishlov berilib, vaziyat nazoratga olingan.
Ma`um qilinishicha, Qozog`istonning Kostanay viloyati O`zbekistondan 2 000 – 2 200 kilometr uzoqlikda joylashgan bo`lib, bugungi kunda yuqorida qayd etib o`tilgan zararli chigirtkalar to`dasi respublik hududiga kirib kelish ehtimoli kam.






