Tataristondagi Kama daryosida o`zbekistonlik 25 yoshli yigit cho`kib ketdi. Bu haqda Tatariston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Bosh boshqarmasi xabar berdi.
“3 iyul soat 16:30 da Nijnekamsk shahridagi Kama daryosidan cho`kib ketayotgan 1998 yilda tug`ilgan O`zbekiston fuqarosi qutqarib olinib, behush holatda reanimasiya uchun tez yordam mashinasiga o`tkazilgani haqida xabar kelib tushgan. Soat 17:20 da tez yordam shifokorlari, afsuski, o`lim haqida e`lon qilgan”, — deyiladi xabarda.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, marhum spirtli ichimlik ta`sirida bo`lgan.






