Turkiyaning xalqaro noqonuniy migrasiya va yuzaga kelishi mumkin bo`lgan gumanitar fojiaga qarshi kurashi to`xtovsiz davom etmoqda.
Xususan, Egey va O`rta Er dengizida Evropa va ayniqsa, Gresiya tomonidan e`tibordan chetda qolgan va hatto turli aralashuvlar bilan hayotiy muammoga aylangan immigrasiya muammosiga qarshi Turkiyaning insonparvarlik yordami va kurashi uzluksiz davom etmoqda.
Turkiya Respublikasi IIV Sohil xavfsizlik qo`mondonligidan olingan ma`lumotlarga ko`ra, faqat 1 iyul holati bilan, yunon kuchlari tomonidan Turkiyaning hududiy suvlariga surilgan rezina qayiqlarda Chanoqqal`a qirg`oqlarida 37, boshqa vaqt bilan 47, Izmirda 11, 2 iyul holatiga ko`ra, Chanoqqal`a qirg`oqlarida yana 84, oxirgi haftaga qarasak, 25 iyunda 14, 26 iyunda 99, 27 iyunda 48, 28 iyun kuni 57 nafar noqonuniy muhojirlar qutqarilgan.
Shunga ko`ra, birgina o`tgan haftaning o`zida Egey dengizida Turkiya Sohil xavfsizlik xizmati tomonidan 400 dan ortiq noqonuniy muhojirning hayoti saqlab qolindi. Egey dengizida 1 yanvardan 31 maygacha yunon kuchlari tomonidan Turkiya hududiy suvlariga qaytarilgan 8678 noqonuniy muhojir quruqlikka chiqarildi.
2020-2023 yillarda "orqaga qaytarish" vaqealari va qutqarilgan odamlar soni bo`yicha rasmiy raqamlar quyidagi havolada ko`rsatilgan: https://sg.gov.tr/geritmeler






