AsosiyJamiyat

FlyArystan aviakompaniyasi Ostonadan Toshkentga parvozlarni yo`lga qo`ydi

'FlyArystan aviakompaniyasi Ostonadan Toshkentga parvozlarni yo`lga qo`ydi'ning rasmi

Qozog`istonning FlyArystan loukoster aviakompaniyasi Ostona va Toshkentni to`g`ridan-to`g`ri reyslar bilan bog`ladi. Bu haqda  "Uzbekistan Airports" xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, bugun, 3 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 01:55da bortida 180 nafar yo`lovchisi bo`lgan samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo`ndi. Aeroportda yangi yo`nalish ochilishiga bag`ishlangan tantanali tadbir bo`lib o`tdi, unda  "Uzbekistan Airports" AJ rahbariyati, Qozog`iston elchixonasi va aviatashuvchi vakillari ishtirok etdi.

Ostona — Toshkent — Ostona yo`nalishi bo`yicha parvozlar Airbus A320 samolyotlarida haftasiga ikki marta — dushanba va chorshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, aviakompaniya yaqin kelajakda parvozlar xaritasini Qozog`iston va O`zbekistonni bog`laydigan yangi yo`nalishlar bilan to`ldirishni rejalashtirmoqda.

FlyArystan Qozog`istonning loukoster aviatashuvchisi bo`lib, shtab-kvartirasi Olma-otada joylashgan. Kompaniya Qozog`istondagi eng yirik Air Astana aviakompaniyasi negizida tashkil etilgan.

    Boshqa yangiliklar