Qozog`istonning Qo`stanay viloyati ikki tumanidagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, hasharotlar to`dasi yo`lidagi hamma narsani yo`q qilmoqda, fermerlar davlatdan yordam kutmoqda.
“Bu yil hosil bilan bog`liq vaziyat qiyin. Birinchi sabab 10 ming gektarga yaqin erni oyoq osti qilgan kiyiklar, hozir esa chigirtkalardir. Bu yil 10 ming 500 gektar erga ekin ekdik, qolganini chigirtkalar eb ketdi.
Bu muammoda bizga hech kim yordam bermaydi, turli organlarga murojaat qildik. Kecha bitta agregat keldi, shunda ham chigirtkalarga qarshi zarur kimyoviy moddalar yo`q, samolyotda esa yoqilg`i yo`q.
Kiyiklardan o`zimizni himoya qildik, pichan o`ra olmadik, endi chigirtkalar uni edi. Qishda molni qanday boqishimizni bilmaymiz. Xo`jalikda 200 boshga yaqin qoramolimiz bor, uni nima qilishimiz kerak? Bu muammo bilan qaerga murojaat qilishni bilmayman”, — deydi dehqon xo`jaligi rahbari.
Ijtimoiy tarmoqlarda aholi dalalardan olingan kadrlarni joylashtirmoqda. Odamlar jamoatchilik noroziligi va mahalliy hokimiyatdan javob kutmoqda.






