AsosiyDunyo

Xitoydagi kimyo zavodida yirik portlash yuz berdi (video)

'Xitoydagi kimyo zavodida yirik portlash yuz berdi (video)'ning rasmi

Xitoy janubi-sharqidagi Szyansi provinsiyasi Guysi shahridagi kimyo zavodida portlash sodir bo`ldi. Qurbonlar haqida ma`lumot yo`q. Bu haqda Xitoy markaziy televideniesi xabar bergan.

Portlash mahalliy vaqt bilan 12:00 atrofida sodir bo`lgan. Zavod Jiangxi Qiantai New Materials kompaniyasiga tegishli.

Hozircha halok bo`lganlar va jarohatlanganlar haqida ma`lumot yo`q. Portlash vaqtida zavodda qancha odam bo`lgani ma`lum emas.

Portlash sabablari aniqlanmagan. Voqea joyida o`t o`chiruvchilar, qutqaruvchilar va huquq-tartibot idoralari xodimlari ishlamoqda.

 

    Boshqa yangiliklar