Atmosfera havosiga sanoat korxonalaridan tashlanayotgan tashlamalar miqdori oldingi yilga nisbatan 35 ming tonna (yoki 4,0 foiz)ga kamaydi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishlari vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu ko`rsatkichga quyidagi chora-tadbirlar evaziga erishildi:
— 96 ta ishlab chiqarish va sanoat korxonalarida jami 362 ta chang-gazlarni tutib qolish uskunalari ta`mirlandi va yangilariga almashtirildi. Natijada atmosfera havosiga 2590,8 tonna tashlamalar tashlanishining oldi olindi;
— atrof-muhitga havflilik darajasi yuqori va o`rta bo`lgan 43 ta yangi tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlar tomonidan 307 ta yangi filtr o`rnatildi;
— “Toza havo” oyligi davomida jami 295 582 ta avtotransport vositasidan chiqqan gazlar tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar miqdori o`lchandi. Me`yordan ortiqcha bo`lgan 8041 ta avtotransport vositasining ortiqcha chiqindi gazlari tartibga keltirildi;
— atmosfera havosini muhofaza qilish bo`yicha 245 ta korxona va tashkilot tomonidan 486 ta chora-tadbirlarning bajarilishi evaziga atmosfera havosiga 18,0 ming tonna ifloslantiruvchi moddalar tashlanishining oldi olindi.






