Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanida bir guruh haydovchilar “Matiz shou” uyushtirgani aks etgan video tarqaldi.
Holat yuzasidan viloyat YHXB axborot xizmati ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yil 25 iyun kuni Bo`stonliq tumanida bir necha "Matiz" haydovchilari guruh bo`lib harakatlangan holda yo`l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi harakatlarni amalga oshirishgan.
Shu kunning o`zida Bo`stonliq tumanida xizmat olib borayotgan Xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasiga bo`ysunuvchi yo`l-patrul xizmati guruhi va Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi YPX inspektorlari tomonidan ushbu holat aniqlanib, haydovchilarga Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 129-moddasiga binoan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda mashinalar vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirildi.






