AsosiyJamiyat

Buxorolik erkakning "Cobalt"i "To`dako`l" suv omboriga oqib ketdi (video)

'Buxorolik erkakning "Cobalt"i "To`dako`l" suv omboriga oqib ketdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Cobalt" avtomobili suv omborida suzib yurganligi aks etgan video tarqaldi.

Holat yuzasidan FVV matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi.

Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 20 iyun kuni soat 13:30 da Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi "To`dako`l" suv omborida Buxoro viloyatida tug`ilgan fuqaroga tegishli bo`lgan oq rangli "Cobalt" avtomobili haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida suv omboriga oqib ketgan. Aniqlanishicha, suv ombori qirg`og`ida turgan avtomobilni kuchli suv to`lqini oqim bilan ichkariga olib kirgan.

Ushbu vaziyat bo`yicha FVVga ma`lumot kelib tushmagan va voqea joyidagi fuqarolar yordamida avtomobil suvdan chiqarib olingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar