1 iyul kuni poytaxtning ikki tumanidagi ayrim mahallalar elektr ta`minotidan vaqtincha uziladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ xabar berdi.
Xabarga ko`ra, elektr energiyasi bilan ta`minlovchi elektr uzatish tarmog`idagi temir tayanch ustunlariga elektr qurilmalarni o`rnatish ishlarini olib borilayotgani sabab Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim ko`chalarida elektr energiyasi soat 00:00 dan soat 05:00 ga qadar vaqtinchalik o`chiriladi.
Jumladan:
- Olmazor tumanining "Ibrohim ota", "Chuqursoy", "Ahil" va "Moyariq" MFYlarida aholi xonadonlari hamda Jome mavzesining tadbirkorlik sub`ektlari;
- Yunusobod tumanining "Hasanboy", "Katta Hasanboy", "Sharq haqiqati", "Turkiston", "Yo`lariq", "Akbarobod" va "Tiklanish" MFYlarining ayrim ko`chalari va Issiqlik markazi vaqtinchalik elektr ta`minotidan ajratiladi.






